Bugundan taroveh namozlarini o‘qish boshlanadi

Bugun O‘zbekistondagi masjidlarda taroveh namozini o‘qish boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi ma’lum qildi.
“Tarovih namozi vaqti Toshkent shahri masjidlarida soat 20:45 dan boshlanadi”, - deyilgan xabarda.
Xabarda viloyatlarda namoz vaqtlaridagi farqlanishdan kelib chiqib, masjidlarda taroveh namozini ushbu vaqtga nisbatan belgilash tavsiya etilgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)