Bugun O‘zbekiston Prezidenti Nyu-Yorkda kimlar bilan uchrashadi?

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Nyu-York shahriga tashrifi dasturida bugun, 18 sentyabr kuni bir qator uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Jumladan, davlatimiz rahbari Yevropa Kengashi Prezidenti Sharl Mishel, Xalqaro valyuta fondi boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyeva, Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm, "Air Products" kompaniyasi bosh ijrochi direktori Seyfi Gasemi bilan uchrashadi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)