Bugun taniqli aktrisa Ra’no Shodiyeva Odilovna tavallud topgan kun!

Bugun taniqli aktrisa Ra’no Shodiyeva Odilovna tavallud topgan kun!

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, aktrisa Ra’no Shodiyeva Odilovna 1979 yilning 12 avgust sanasida Samarqandda tug‘ilgan. O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida tahsil olgan. 2007 yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni bilan taqdirlangan. 2022 yilda esa I darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlangan.

Aktrisa ijodi davomida «Chimildiq», «Shaytanat», «Osmon yaqin», «Alpomish», «O‘tov», «Tashlandiq», «Jigarbandim», «Qizg‘aldoq», «Sarob», «Mehmonxona», «Baron», «Vatan», «Bir kam dunyo», «Sukunat», «Mehr operasiyasi» singari ko‘plab filmlarda turli rollarni ijro etgan.

Kinematografiya agentligi Ra’no Shodiyevani bugungi tavallud ayyomi bilan qutlaydi, ijodkorga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, baxt va omad tilaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!