Bugun Yerevanda hukumatga qarshi norozilik namoyishi bo‘lib o‘tadi

Bugun Yerevanda hukumatga qarshi norozilik namoyishi bo‘lib o‘tadi

Bugun mahalliy vaqt bilan soat 18:00da Armaniston poytaxti Yerevanda bosh vazir Nikol Pashinyan boshchiligidagi hukumatga qarshi norozilik namoyishi bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, miting “Respublika” maydonida bo‘lib o‘tadi. Eslatib o‘tamiz, kecha Yerevanda namoyishchilar ogohlantirish aksiyasi o‘tkazib, fuqarolarni ularga qo‘shilishga chaqirgan edi.

Namoyishchilar Armaniston hukumati iste’fosini talab qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!