Bugun ba’zi hududlarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Bugun ba’zi hududlarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkent viloyatining ba’zi hududlarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda «Hududgazta’minot» AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 2019 yil 18 noyabr kuni yer usti gaz quvurlarida ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli, Toshkent viloyatining Toshkent tumani «Qushqo‘ndi» mahallasi «S.Zokirov» ko‘chasi hududidagi jami 310 ta aholi xonadonlarida soat 9:00 dan 17:00 ga qadar hamda Ohangaron tumani, «Birlik», «Qizilsoy», «Telov», «Qorabaliq», «Sanam», «Qorasuyevka», «Susam», «Chuvildoq» va «Ilg‘or» MFY hududlaridagi jami 3026 ta gaz iste’molchilariga soat 8:00 dan 17:00 ga qadar tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Shuningdek, Quyi Chirchiq tumani, «Sergeli» MFY «Erkin» ko‘chasi hududidagi gaz quvurlarida nosozlik tufayli jami 63 ta aholi xonadonlariga gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilib, 2019 yil 18 noyabr kuni ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

«Hududgazta’minot» AJ ta’mirlash ishlari tufayli gaz ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste’molchilaridan uzr so‘ragan.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!