Bu yil ham BAAda Ramazon chodirlari bo‘lmaydi

Bu yil ham BAAda Ramazon chodirlari bo‘lmaydi

Abu-Dabi munisipalitetlar va transport departamenti Ramazon oyiga xos chodirlar o‘rnatishga ruxsat berilmasligini ma’lum qildi. Birlashgan Arab Amirliklari Favqulodda holatlar va tabiiy ofatlar bo‘yicha milliy markazning COVID-19 bilan bog‘liq xavfsizlik protokoli ana shuni taqozo qiladi.

Avvalroq Dubay, Ajman va Sharja amirliklarida ham Ramazon chodirlarini o‘rnatish taqiqlangan edi. Mutasaddilarning fikricha, Ramazon chodirlarining o‘rnatilishi odamlarning ko‘plab yig‘ilishiga va ijtimoiy masofaning buzilishiga olib kelishi mumkin. Odatda bunday chodirlar masjidlar oldida o‘rnatilar, ishchilar va ehtiyojmandlar u yerlarda iftor qilishi mumkin bo‘lardi. Biroq o‘tgan yilda bo‘lgani kabi bu yil ham Ramazon chodirlariga ruxsat berilmadi.

Bu galgi Ramazon oyida bepul taomlarni xayriya tashkilotlari tarqatadi, ularning ishi esa nozirlar kuzatib boradi, deya xabar beradi Gulf Business.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!