Bu yil 1-sinfga qabul 20 iyundan boshlanadi

Bu yil 1-sinfga qabul 20 iyundan boshlanadi

2022-2023 o‘quv yilida umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlari 20 iyundan boshlanadi. Bu haqda XTVning matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, maktablarga biriktirilgan mikrohudud bo‘yicha qabul jarayonlari joriy yilning 20 iyunidan 31 iyuliga qadar amalga oshiriladi.

Shu jumladan, mikrohududdan tashqari qo‘shimcha qabul jarayonlari 2022 yilning 1-15 avgust kunlari o‘tkaziladi.

Ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston va viloyatlarning markazidagi umumta’lim maktablarida 1-sinfga qabul jarayonlari elektron shaklda tashkil etilishi nazarda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!