Andijon shahridagi 3-kichik daha 1-uyda yashovchi fuqarolar bolalar maydonchasiga mo‘ljallangan yerda noma’lum tadbirkor tomonidan 7 qavatli uy qurilayotgani haqida Andijon viloyati hokimligiga murojaat qilgan. bu haqda Daryo.uz yozmoqda.
Qayd etilishicha, aholi ularning roziligini olmay noqonuniy qurilish bo‘layotgani haqida bir necha marotaba hokimlikka arz qilgan. Quruvchi tashkilot 19 noyabr kuni ichimlik suvi tarmog‘i quviriga zarar yetkazgan va buning natijasida daha suvsiz qolgan. Mahalla ahli hokimlikka yana o‘z etirozlarini bildirgan.
Andijon viloyati hokimining matbuot kotibi Muslim Ibrohimovning ma’lum qilishicha, murojaatdan so‘ng viloyat rahbari ko‘rsatmasiga asosan, ichimlik suvi bo‘yicha nosozlikni bartaraf etish uchun ish jarayoni tashkil etilgan va qurilish jarayoni yaqindan o‘rganilgan.
“Qurilish ishlarida bir nechta holatlar bo‘yicha xatoliklar aniqlanib, jumladan, tegishli qarorga to‘liq rioya etilmagani, maydon uy-joy qurish uchun ajratilmagani, kadastr ro‘yxatidan o‘tkazishda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani, eng asosiysi, mahalliy aholiga ushbu qurilish noqulaylik tug‘dirayotgani sababli, qurilish jarayoni to‘xtatildi”, — deyiladi matbuot kotibi axborotida.
Taqdim etilgan videoda ko‘rinishicha, yarim tunda Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari Maxamadjon Nishonov norozi aholi bilan uchrashgan. U qurilishga ruxsat berish jarayonida xatolikka yo‘l qo‘ygani uchun odamlardan uzr so‘ragan.
“Hujjatni qilib berganmiz, lekin bu bizni xatomiz. Mahallaning avvalgi raisi “Hamma rozi, odamlar rosa xursand bo‘ladi”, degandi.
Bu meni xatom. Viloyatimiz hokimi odamlarni norozi qilib ish qil demaydi. Menga topshiriq bergan: borib, o‘rganib, o‘sha yerda ishlar qonuniy bo‘lsa, qildirib bering degan.
O‘tgan safar kelganimda sizlar norozi bo‘lganlaringizda, bo‘ldi, sizlar norozi bo‘lsanglar, qurilish bo‘lmaydi, deb ketganman. Ming marta uzr so‘rayman. Agar sizlar rozi bo‘lmasalaring qurilish bo‘lmaydi”, degan Maxamadjon Nishonov.
Viloyat hokimligi axborotida, xatolikka yo‘l qo‘ygan, ya’ni noqonuniy qurilish uchun hujjatlarni rasmiylashtirib bergan mutasaddilarga qanday chora ko‘rilgani haqida ma’lumot berilmagan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
"Агар бугун сионистик режим ўз адашуви туфайли аҳмоқлик қилиб тажовуз қилишга журъат этса, шубҳасиз, ўзининг заиф ва кичик ҳудудига қақшатқич ва қатъий жавоб олади".
Федерация Кенгашининг конституциявий қонунчилик ва давлат қурилиши қўмитаси раиси Андрей Клишас ҳуқуқий жиҳатдан Совет Иттифоқи энди мавжуд эмаслигини таъкидлади.
АҚШнинг Украина масалалари бўйича махсус вакили Кит Келлог Қўшма Штатлар Украинадаги можарони тинч йўл билан ҳал этиш учун 22 банддан иборат режа ишлаб чиққанини маълум қилди.
Мақолада қайд этилишича, 2023 ва 2024 йилларда Patriot тизимлари Россиянинг баллистик ракеталарини тутиб қолишда нисбатан самарали бўлган. Аммо 2025 йил май ойи охиридан бошлаб Украина бундай ракеталарни уриб туширишда қийинчиликларга дуч кела бошлаган.
Таҳлилчиларнинг ҳисоб-китобларига кўра, бу режани амалга ошириш - деярли бутун Украинани босиб олиш учун 91 йил ва Россия аҳолисининг учдан бир қисмигача талаб этилади.
Украина Ташқи разведка хизмати Россиянинг 20 та заводи ҳақида ишончли маълумотларга эга. 2024-2025 йиллар мобайнида Россия ва Хитой ўртасида авиация соҳасидаги ҳамкорликнинг камида 5 та ҳолати қайд этилган.
Украина Фавқулодда ҳолатлар давлат хизмати маълумотларига кўра, Хмелницкий вилоятида тўрт киши ҳалок бўлгани ва беш киши яралангани ҳақида хабар берилган.
Истанбулда ўтказилган Украина ва Россия делегациялари ўртасидаги музокаралар пайтида тўрт тилда таржима ташкил этилди, бу эса томонларга самарали ахборот алмашиш имкониятини яратди.
Ғазо ҳукуматининг Оммавий ахборот воситалари бошқармаси анклавда озиқ-овқат етишмаслиги туфайли ҳомиладор аёлларда 300 та ҳомила тушиши ҳолатини қайд этди.
Қайд этилишича, ҳозирда Россия қўшинлари Беловод ва Локни шаҳарларига босимни давом эттирмоқда, у ерда шиддатли жанглар кетмоқда. Мақсад - "буфер зона" яратиш.