Britaniya va Livan bosh vazirlari Isroil bilan sulh tuzish tarafdori
Buyuk Britaniya va Livan bosh vazirlari Kir Starmer va Najib Mikati Isroil bilan zudlik bilan sulh tuzish tarafdori ekanliklarini bildirishdi.
Bu haqda Britaniya hukumati rahbarining Nyu-Yorkdagi BMT Bosh assambleyasi sessiyasi doirasida livanlik hamkasbi bilan uchrashuvi yakunlari bo‘yicha tarqatilgan bayonotida aytiladi.
"Britaniya Bosh vaziri birinchi navbatda bosh vazir Mikatiga so‘nggi haftalarda qurbon bo‘lganligi uchun samimiy hamdardlik bildirdi. Ular Livanda kuchayib borayotgan mojaroni muhokama qilishdi va zudlik bilan sulh va kelishilgan yechim muhimligi haqida kelishib oldilar", - deyiladi Britaniya hukumatining bayonotida.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)