Britaniya Ukrainaga lazer yordamida boshqariladigan Brimstone 2 raketalarini topshirdi

Britaniya Ukrainaga lazer yordamida boshqariladigan Brimstone 2 raketalarini topshirdi

Britaniya Ukrainaga yuqori texnologiyali Brimstone lazerli boshqariladigan raketasining takomillashtirilgan, oldingi versiyadan ikki baravar uzoq masofaga raketa uchirish imkonini beruvchi modelini yubordi, deb yozadi Daily Telegraph.

Buyuk Britaniya birinchi avlod Brimstone raketalarini taxminan olti oy oldin Ukrainaga topshirgan edi, biroq qirollik havo kuchlari tomonidan e’lon qilingan videotasvirlarda Oksfordshirdagi bazada tashish uchun yanada ilg‘or model tayyorlanayotganini ko‘rish mumkin.

Har biri taxminan 175 ming funt sterling turadigan raketalar, asosan, yerdagi nishonlarni, jumladan, yuqori tezlikda harakatlanuvchi transport vositalarini urish uchun mo‘ljallangan.

Lazerli boshqaruv va yuqori aniqlikni hisobga olgan holda, raketalar aholi zich joylashgan hududlarda uchirilishi mumkin, bu esa tinch aholining qurbon bo‘lish ehtimolini kamaytiradi.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak o‘tgan dam olish kunlari Kiyevga tashrifi chog‘ida Ukrainaga yana 50 million funt sterling miqdorida harbiy yordam paketi ajratilishini e’lon qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!