Britaniya Rossiyani dezinformasiyada ayblamoqda

Britaniya Rossiyani dezinformasiyada ayblamoqda

Buyuk Britaniya Vladimir Putinning kuchsizlantirilgan uran haqidagi so‘zlari tufayli Rossiyani dezinformasiyada ayblamoqda.

London mudofaa vaziri o‘rinbosari Annabel Goldi 21 mart kuni Kiyevga Challenger 2 tanklari uchun kuchsizlantirilgan uranli snaryadlarini yetkazib berishini ma’lum qilgan edi.

Putin esa bu bayonotga nisbatan shunday munosabat bildirdi: "G‘arb endi yadroviy komponentga ega qurollarni qo‘llashni boshladi".

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi vakili bunga javoban: "Britaniya armiyasi o‘nlab yillar davomida o‘zining zirhli teshuvchi raketalarida kuchsizlantirilgan urandan foydalanib keladi. Bu yadro quroli yoki salohiyatiga aloqasi yo‘q standart komponentdir. Rossiya bu haqda biladi, lekin ataylab noto‘g‘ri ma’lumot berishga harakat qilmoqda", — deya ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!