Braziliyada cobiq UFC jangchisi pichoqlab o‘ldirildi

Braziliyada cobiq UFC jangchisi pichoqlab o‘ldirildi

Braziliyada cobiq UFC jangchisi Maykel Falkao pichoqlanishi oqibatida hayotdan ko‘z yumgan. Bu haqda MMA Fighting xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, sportchi hujumga uchragan va bir nechta pichoq jarohati olgan. Falkan kasalxonaga olib borilgan, ammo shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmagan.

Falkao oxirgi marta oktagonga 2019 yilning 14 dekabrida Krepost Fighting Championship turniri doirasida chiqib, rossiyalik Sergey Romanovga yutqazgan edi.

Falkao UFCdagi yagona jangini 2010 yilda Jerald Xarrisga qarshi o‘tkazib, g‘alabaga erishgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!