Braziliya Rossiya dizel yoqilg‘isining birinchi partiyasini oldi

Braziliya Rossiya dizel yoqilg‘isining birinchi partiyasini oldi

Braziliya tog‘-kon sanoati va energetika vaziri Adolfo Sashida Rossiya dizel yoqilg‘isining birinchi partiyasi Braziliyaga yetib kelgani haqida ma’lumot berdi.

“Rossiyadan Santos portiga 35 million litrga yaqin dizel yoqilg‘isi yetib keldi”, — deya Sashidaning so‘zlaridan iqtibos keltirgan RIA Novosti.

Uning so‘zlariga ko‘ra, oktyabr oyida yangi yuklar kelishi kutilmoqda.

Avvalroq Filippin prezidenti kichik Ferdinand Markos Bloomberg agentligiga bergan intervyusida Rossiya bilan yoqilg‘i sotib olish bo‘yicha muzokaralar haqida gapirgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!