Braziliya Prezidenti Ukrainadagi mojaro haqida yangi bayonot berdi

Braziliya Prezidenti Ukrainadagi mojaro haqida yangi bayonot berdi

Tomonlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qayta tiklanishi Ukrainadagi mojaroni to‘xtatish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega, dedi Braziliya Prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva BMT Bosh Assambleyasida so‘zlagan nutqida.

– Hech bir tomon maqsadiga harbiy yo‘l bilan erisha olmasligi allaqachon ayon bo‘ldi, – dedi u. – Vayron qiluvchi qurol qo‘llangani sari sovuq urush davridagi befoyda qarama-qarshilikning qorong‘i davri esga tushmoqda. O‘zaro to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qayta tiklanishi uchun sharoit yaratish tomonlar uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Aynan shunday mazmun Xitoy va Braziliya tomonidan muloqot jarayonini yo‘lga qo‘yish va harbiy harakatni to‘xtatish uchun taklif qilingan kelishuv loyihasida mavjud.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!