Braziliya Amazon mintaqasidagi chegaralarini qo‘riqlash uchun qo‘shimcha 2 ming askar yubordi

 Braziliya Amazon mintaqasidagi chegaralarini qo‘riqlash uchun qo‘shimcha 2 ming askar yubordi

Braziliya Venesuela va Gayana o‘rtasidagi hududiy kelishmovchiliklar fonida Amazon mintaqasidagi chegaralarini qo‘riqlash uchun qo‘shimcha 2 ming askar yubordi.

Bu haqda Reuters agentligi braziliyalik harbiy qo‘mondonga tayanib xabar bermoqda.

Agentlikning general Rikardo Kosta Nevisga tayanib yozishicha, giyohvand moddalar savdosi, noqonuniy qazib olish va o‘rmonlarni kesish ham avj olgan Venesuela, Kolumbiya, Ekvador, Peru va Boliviya bilan chegaraga qo‘shimcha qo‘shinlar yuboriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!