Bosqinchilikda ayblangan O‘zbekiston fuqarosi Peterburgda qo‘lga olindi

Bosqinchilikda ayblangan O‘zbekiston fuqarosi Peterburgda qo‘lga olindi

Peterburgda bir qator bosqinchilik holatlarini sodir etgan o‘zbekistonlik migrant qo‘lga olindi. Kuchishlatar tuzilma vakillariga so‘nggi yetti kun ichida fuqaro tomonidan shahar aholisi va mehmonlariga kamida uchta hujum uyushtirilgani haqida ma’lum bo‘ldi, deb yozmoqda 78.ru.

Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari versiyasiga ko‘ra, o‘zbekistonlik fuqaro birinchi jinoyatni 20 noyabr kuni sodir etgan. U erkakka hujum qilib, uning qo‘lidan 35 ming rubllik smartfonni tortib olgan.

Uylardan birining yo‘lagiga kiraverishda erkak kishiga nisbatan amalga oshirilgan hujum bilan bog‘liq ikkinchi voqea 21 noyabr kuni sodir bo‘lgan.

Shuningdek, 22 noyabr kuni erta tongda Shlisselburgskiy shohko‘chasidagi 36/1-uy yonida migrant erkak kishini bita bilan kaltaklab, uyali telefonini o‘g‘irlab ketgan.

Gumonlanuvchi kecha tunda qo‘lga olingan. U izolyatorga joylashtirildi. Bir nechta jinoiy ish qo‘zg‘atildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!