“Boshqotirma-2” Pixar tarixida eng yuqori daromad keltirgan loyihaga aylandi

“Boshqotirma-2” Pixar tarixida eng yuqori daromad keltirgan loyihaga aylandi

Pixar studiyasining “Boshqotirma-2” animasion filmi jahon prokatlarida ajoyib ko‘rsatkichlarni zabt etishda davom etmoqda. Mazkur loyiha butun dunyo bo‘ylab prokat bo‘yicha “Super oila” sikvelini ortda qoldirdi. Natijada film Pixar’ning tarixdagi eng yuqori daromad keltirgan filmi nomini oldi.

Premyeradan bir oy o‘tmay “Boshqotirma-2” filmi 1,252 milliard dollar foyda keltirdi. Kino prokatidan kelgan tushumlarning 543,5 million dollari AQShga tegishli, xalqaro hududlardan esa loyiha 708 million dollar daromad ko‘rdi. “Super oila-2” esa xuddi shunday vaqt ichida 1,242 milliard dollar ishlab topgan edi.

Shuningdek, film Pixar studiyasining tarixdagi eng yaxshi beshta loyihalaridan (“Super oila”, “Qirol sher”, “Muzyurak”, “Aka-uka super Mariolar” kabi) biriga aylandi.

Multfilm birinchi qismida Rayli ismli qizaloqning miyasida yashaydigan beshta hissiyot: Quvonch, Qayg‘u, Qo‘rquv, G‘azab, Jirkanish haqida hikoya qilingan. “Boshqotirma”ning ikkinchi qismida esa Xavotir, Uyalish va Zerikish kabi emosiyalar qo‘shilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!