“Boshqotirma-2” 2024 yil kinoprokatida eng yaxshi natija bilan boshlangan multfilm bo‘ldi

“Boshqotirma-2” 2024 yil kinoprokatida eng yaxshi natija bilan boshlangan multfilm bo‘ldi

Pixar va Disney’ning “Boshqotirma-2” animasion filmi premyerasining ilk kunida 62 million dollar to‘pladi. Bu 2024 yil uchun yangi rekorddir, deb yozadi “Pravila jizni” nashri.

Multfilm premyerasi AQShda 13 iyun kuni bo‘lib o‘tgan. Mutaxassislarning fikricha, filming ikkinchi qismi bir qator kassa ko‘rsatkichlari bo‘yicha “Dyuna-2” va “Barbi”ni ortda qoldirdi. Boshqotirma-2” jahon kinoprokatida 133 million dollardan ortiq daromad keltirdi.

Pixar Animation Studios mazkur loyihaga 200 million dollar sarmoya kiritdi. Natijada keng jamoatchilik va tanqidchilarning ijobiy bahosiga sabab bo‘lgan multfilm kompaniya obro‘sini tiklashga yordam berdi.

Sikvel Pixar studiyasining tarixdagi eng yaxshi beshta loyihalaridan biriga (“Super oila”, “Dorini izlab”, “O‘yinchoqlar tarixi” kabi) aylanishi mumkin.

Multfilmning birinchi qismi 2015 yilda namoyish etilgan, unda Rayli ismli qizaloqning miyasida yashaydigan beshta hissiyot: Quvonch, Qayg‘u, Qo‘rquv, G‘azab va Tashvish haqida hikoya qilinadi. Rayli asta-sekin ulg‘ayib boradi, bu uning his-tuyg‘ularini xotirasida saqlab qolishga va halokatli o‘zgarishlarning oldini olishga yordam beradi.

“Boshqotirma” sikvelining rejissyori Kelsi Mann, ssenariy muallifi Meg Lefov. Pit Dokter va Mark Nilsen esa loyiha prodyuserlaridir. Multfilm qahramonlariga Mayya Xouk, Emi Poler, Fillis Smit, Lyuis Blek, Toni Xeyl va Adel Ekzarkopulos kabi aktyorlar ovoz bergan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!