Bosh prokuratura: "Paxtakor" stadioni oldida OAV xodimlarining kaltaklanishi bo‘yicha AOKAning so‘rovi o‘rganilmoqda

Bosh prokuratura: "Paxtakor" stadioni oldida OAV xodimlarining kaltaklanishi bo‘yicha AOKAning so‘rovi o‘rganilmoqda

Bosh prokuratura tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligining Toshkent shahridagi «Paxtakor» stadioni atrofida ommaviy axborot vositalari xodimlari kaltaklanishi, ularning faoliyatiga ko‘rsatilgan to‘sqinlik holatlarini o‘rganib, huquqiy baho berish xususidagi so‘rovi o‘rganib chiqilmoqda.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining «Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunining 10-moddasida davlat jurnalistga axborotni erkin olishini va tarqatishini kafolatlashi, o‘z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirishda uning himoya qilinishini ta’minlashi lozimligi, 14-moddada esa jurnalistning ushbu huquqlarini buzganlik, uning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga tahdid, zo‘ravonlik yoki tajovuz qilganlik qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilangan.

Prokuratura tomonidan ushbu yuzaga kelgan holat vakolat doirasida o‘rganib chiqiladi va ishtirokchilar harakatlariga huquqiy baho beriladi. Qonunbuzilishi holatlari aniqlangan taqdirda, aybdorlarga qonun doirasida choralar ko‘rilishi ta’minlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!