Borrel: «Biz insoniyligimizni yo‘qotdik»
Evropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel Yaqin Sharqdagi vaziyatdan jiddiy xavotir bildirib, hozirgi voqealar «insoniyatning yo‘qolganini» ko‘rsatishini aytdi.
«Biz katta yong‘in yoqasida turibmiz. G‘azo va Livanda urush davom etar ekan, biz bundan ham katta yong‘inga olib keladigan uchqun ostonasida yashaymiz», dedi u Ispaniya davlat radiostansiyasi RNE bilan suhbatda.
Borrel BMT ma’lumotlariga ko‘ra, G‘azodagi gumanitar inqiroz Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng yirik va eng shafqatsiz inqirozga aylanganini ta’kidladi. Shuningdek, u Isroilning Eronning yadroviy yoki neft inshootlariga zarba berishi mumkinligidan xavotir bildirdi, bu esa vaziyatni yomonlashtirishi mumkin. Uning fikricha, mojaroga barham berish uchun majburlash choralarini ko‘rish kerak.
“Har bir davlat o‘zi uchun nima maqbulligini o‘zi hal qiladi va men ularga hech narsa qilishni taqiqlay olmayman yoki boshqa yo‘l tutishni tavsiya qila olmayman. Ispaniya, Italiya va Fransiya qurol savdosini to‘xtatishga qaror qildi. Biroq, Germaniya kabi boshqa davlatlar, aksincha, bu harbiy yordamni oshirmoqda. Shunday qilib, yagona pozisiya yo‘q», - deya xulosa qildi Borrel.