Bolgariyada aholi Vazirlar mahkamasi iste’fosini talab qilib miting uyushtirdi

Bolgariyaning Sofiya va Varna shaharlarida 11 may kuni yuzlab odamlar vazirlar mahkamasi iste’fosini talab qilib ko‘chalarga chiqdi, deb yozadi “TASS”.
Namoyishchilarning noroziligiga Bolgariya hukumati o‘z mamlakatidagi muammolar bilan shug‘ullanish o‘rniga Ukrainaga faol yordam berayotgani sabab bo‘lmoqda.
Sofiyada namoyishchilar shahar meriyasi binosiga kelib, undan Ukraina bayrog‘ini olib tashlashga harakat qilishdi. Namoyishchilarning aytishicha, Bolgariyada boshqa davlatlarning bayroqlari davlat tuzilmalari binolariga osib qo‘yilmasligi kerak.
Qayd etilishicha, polisiya namoyishchilarni Ukraina bayrog‘ini olib tashlashga ruxsat bermay, ularni tarqatib yuborishga harakat qilgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Мусулмон давлатлар гўштини еб ётганда силар қаерда эдинглар