Bolgariya, Ruminiya va Turkiya Qora dengizni minalardan tozalashni muhokama qiladi

Bolgariya, Ruminiya va Turkiya Qora dengizni minalardan tozalashni muhokama qiladi

Bolgariya, Ruminiya va Turkiya mudofaa vazirlari o‘rinbosarlari chorshanba kuni Anqarada bo‘lib o‘tadigan uchrashuv chog‘ida Qora dengizni minalardan tozalaydigan qo‘shma kuch yaratish haqidagi hujjat tafsilotlarini yakunlash niyatida.

Bu haqda Bloomberg manbalarga tayanib xabar berdi.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv yakunlari bo‘yicha kelishuv imzolash rejalari bor-yo‘qligi hozircha noma’lum.

Bolgariya, Ruminiya va Turkiya mudofaa vazirliklari agentlikning izoh berish so‘roviga javob bermadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!