Boks. Hasanboy Do‘smatov g‘alaba qozondi, Fazliddin G‘oyibnazarov mag‘lubiyatga uchradi

Boks. Hasanboy Do‘smatov g‘alaba qozondi, Fazliddin G‘oyibnazarov mag‘lubiyatga uchradi

Rossiyaning Sochi shahridagi Red Arena majmuasida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi.

Unda yarim o‘rta vaznda Botir Ahmedov (10-3-0) va Muhammadsalim Sotvoldiyev (7-8-2) o‘rtasidagi jang bo‘lib o‘tdi. Jangda Sotvoldiyev jarohat olgani bois g‘alaba Ahmedovga taqdim etildi.

Havaskor boks bo‘yicha olimpiada va jahon chempioni Hasanboy Do‘stmatov (6-0, 5 KO) JAR vakili Sifamandla Baleniga (21-6-2, 8 KO) qarshi ringga ko‘tarildi. Jang to‘liq 10 raund davom etdi. Yakunda hakamlarning barchasi Do‘stmatovning g‘alabasini qayd etdi.

Ushbu boks oqshomida Fazliddin G‘oyibnazarov (11-2, 6 KO) WBA yo‘nalishi sobiq chempioni Rajab Butayevga (15-1, 12 KO) qarshi ringga ko‘tarildi. 10 raundlik jang 4-raundda Butayevning texnik nokautli g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. Fazliddin jangni davom ettira olmasligi ma’lum qilindi va hakamlar texnik nokaut qayd etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!