Bojxona to‘lovlaridan qochishga bo‘lgan urinishlarning oldi olindi

Bojxona to‘lovlaridan qochishga bo‘lgan urinishlarning oldi olindi

Tovar-moddiy boyliklarni noqonuniy yo‘llar bilan olib kirish orqali davlat byudjetiga undiriladigan bojxona to‘lovlaridan qochishga uringan soxta ishbilarmonlarning qing‘ir xatti-harakatlariga o‘z vaqtida chek qo‘yilmoqda.

Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasiga qarashli bojxona postlarida bir qator bojxona qonunbuzilishi holatlari fosh etildi.

“Arkbuloq” bojxona postida xorijdan keltirilgan transport vositasiga ortilgan yuklar bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, transport vositasi yukxonasida yuk hujjatlarida umuman qayd etilmagan qiymati 2,2 mlrd. so‘mlik 1000 dona mobil to‘lov terminallari borligi aniqlandi.

Natijada, davlat byudjetiga salkam 532 mln. so‘mlik bojxona to‘lovlarining undirilmay qolishining oldi olindi.

“Chuqursoy” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan poytaxtimizda faoliyat yurituvchi jamiyatlardan birining nomiga keltirilgan “transformator”lar bojxona posti xodimlari tomonidan belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida qiymati 1,1 mlrd. so‘mlik transformatorlarning yuk hujjatlarida, yorliqlarida 2023 yilda ishlab chiqarilgan deya ko‘rsatilgan bo‘lsada, aslida muqaddam foydalanishda bo‘lganligi, uning qismlarida yesa “1984 yilda ishlab chiqarilgan” yozuvlari mavjudligi, transformator yorliqlari yesa qayta bo‘yalganligi aniqlandi.

Navbatdagi holatda Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi va “Chuqursoy” bojxona posti xodimlari tomonidan xorijdan keltirilgan yuk konteyneri ko‘zdan kechirilganida, 635 mln. so‘mlik 5 284 dona “avto ulov o‘rindiqlari uchun maxsus g‘iloflar” tovarlari yo‘l yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmaganligi ma’lum bo‘ldi.

“Toshkent-tovar” bojxona postida aniqlangan holatda ma’suliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga keltirilgan mato tovarlari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilishi natijasida, bojxona yuk deklarasiyasi hamda yuk hujjatlarida qayd etilmagan 597 mln. so‘mlik matolar borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi barcha holatlar yuzasidan surishtiruv va tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Axborot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!