Bog‘cha xodimlarining oyligi o‘qituvchilarning oyligiga tenglashtiriladi

Bog‘cha xodimlarining oyligi o‘qituvchilarning oyligiga tenglashtiriladi

Bog‘cha xodimlarining oyligi oshirilib, maktab o‘qituvchilari oyliklariga tenglashtiriladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ul xodimi Mavluda Asqarxo‘jayeva ma’lum qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti buyrug‘i bilan, 2023 yil Maktabgacha ta’lim xodimlarining oylik maoshi oshirilishi va uning miqdori maktab o‘qituvchilarining maosh miqdoricha bo‘lishi belgilangan.

Unga ko‘ra, bog‘cha mudiri lavozimining maoshi maktab direktori 3 va 4-guruh lavozim maoshiga tenglashtirish, tarbiyachi yordamchisi lavozimi maoshini 70 foizga oshirish, oshxona va buxgalteriya xodimlari lavozimi maoshiga 100 foiz ustama haq belgilash ko‘zda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!