Bobomurod Abdullayevga xorijga chiqish pasporti topshirildi

Bobomurod Abdullayevga xorijga chiqish pasporti topshirildi

Taniqli jurnalist, ijtimoiy tarmoqlarda «Usmon Haqnazar» taxallusi ostida ijod qilgan Bobomurod Abdullayevga xorijga chiqish pasporti topshirildi.

Bugun, 23 oktyabr O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi rasmiylari tomonidan jurnalist Bobomurod Abdullayevga xorijga chiqish pasporti topshirildi. Shuningdek, jurnalistga nisbatan barcha tergov va surishtiruvlar tugatilgani, sud ishi ham yakunlangani, endi unga oid O‘zbekiston ichida va xorijga chiqish bilan bog‘liq har qanday cheklovlar bekor qilingani bildirildi.

O‘z navbatida, Bobomurod Abdullayev bu yangilik o‘zi uchun kutilmagan holat bo‘lgani va bundan xursandligini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Bobomurod Abdullayev 2018 yilning may oyi boshida jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 159-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblangan yuqorida ko‘rsatilgan modda bo‘yicha aybdor deb topilgan va ish haqining 20 foizini davlat daromadiga ushlab qolgan holda uch yilga axloq tuzatish ishlariga hukm qilingandi.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!