BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi Sardobaga 30 ming dollarlik gumanitar yordam yubordi

BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi Sardobaga 30 ming dollarlik gumanitar yordam yubordi

BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi 2020 yil may oyida Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida sodir bo‘lgan toshqin sabab Sardoba tumani hokimiyatiga shaxsiy gigiyena vositalari, shu jumladan COVID-19 koronavirusidan himoyalanish uchun vositalaridan iborat gumanitar yordam yubordi.

30 ming AQSh dollari miqdoridagi gumanitar yordamni BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish idorasi (GMMI) tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan sotib oldi. Gumanitar yordamga bir marta ishlatiladigan niqoblar va qo‘lqoplar, shaxsiy gigiyena vositalari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, antiseptiklar hamda boshqa zarur buyumlar kiradi.

«Sardoba aholisiga zarur yordam ko‘rsatadigan ushbu insonparvarlik yordamini topshirish men uchun katta quvonch. Ofat natijasida aholi yo‘qotgan buyumlariga qo‘shimcha ravishda, biz ularni COVID-19 tarqalishini to‘xtatish uchun shaxsiy himoya vositalari bilan ham ta’minladik. Ayni paytda uylaridan mahrum bo‘lgan o‘n minglab odamlar, hech kimni chetda qoldirmaydigan uzoq muddatli, xavfsiz va munosib yechimga muhtoj», — deydi BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Helena Freyzer.

Ma’lumot uchun: BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish idorasi – Birlashgan Millatlar Tashkiloti Kotibiyatining bir qismi bo‘lib, favqulodda vaziyatlarda harakatlarni ta’minlash uchun gumanitar tashkilotlarni birlashtirish uchun javobgardir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!