BMT Xavfsizlik kengashiga vaqtincha a’zolar saylandi

BMT Xavfsizlik kengashiga vaqtincha a’zolar saylandi

Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol mamlakati Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashi doimiy bo‘lmagan a’zoligiga saylanganini “global diplomatiya g‘alabasi”, deb atadi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

“BMTga a’zo 192 davlatdan 180 tasi bizning Xavfsizlik kengashiga nodoimiy a’zo sifatida kirishimizni qo‘llab-quvvatlagani global diplomatiya g‘alabasidir”, degan siyosatchi.

Janubiy Koreyadan tashqari Jazoir, Gayana, Sloveniya va Syerra-Leone ham 2024-2025 yillar uchun Kengashning muddatli a’zolari etib saylandi.

“Yonhap” agentligi ma’lumotiga ko‘ra, Koreya Respublikasi tarixda uchinchi marta shunday mavqega ega bo‘ldi. 1996-1997 va 2013-2014 yillarda ham ushbu mamlakat ayni muvaffaqiyatga erishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!