BMT Trampning Venesuelani boshqarish rejalaridan qattiq xavotirda
Venesueladagi mustaqil xalqaro faktlarni aniqlash missiyasi ekspertlari AQSh hukumatining mamlakatga qilingan hujum va uning prezidenti Nikolas Maduroning o‘g‘irlab ketilishi ortidan Bolivar Respublikasini boshqarish rejalari haqidagi bayonotlaridan jiddiy xavotir bildirdi.
Bu haqda BMT matbuot xizmati AQShning Venesueladagi harbiy intervensiyasiga oid bayonotida aytilgan.
"Faktlarni o‘rganish missiyasi yaqin kunlar va haftalarda beqarorlikning kuchayishi, jumladan, Venesuela hukumati favqulodda holat e’lon qilgan holda, AQSh hukumatining mamlakatni yaqin kelajakda boshqarish niyati haqidagi da’volari fonida inson huquqlarining yana jiddiy buzilishi xavfidan chuqur xavotirda”, — deyiladi hujjatda.
Missiya ekspertlaridan birining so‘zlariga ko‘ra, Maduro hukumati tomonidan gumon qilinayotgan inson huquqlari buzilishi “AQShning harbiy aralashuvini oqlamaydi, bu xalqaro huquqni buzadi”.
Missiya 2019 yilda BMT Inson huquqlari kengashi tomonidan tashkil etilgan. Uning ekspertlari 2014 yildan buyon respublikada sodir etilgan inson huquqlarining buzilishi holatlarini baholamoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp matbuot anjumanida AQSh Venesuelani "hokimiyatning to‘g‘ri o‘zgarishi" mumkin bo‘lmaguncha "boshqarishini" ma’lum qilgandi.
