BMT maxsus ma’ruzachisi O‘zbekistonga tashrifi bo‘yicha ma’ruzasini taqdim qildi

BMT maxsus ma’ruzachisi O‘zbekistonga tashrifi bo‘yicha ma’ruzasini taqdim qildi

2020 yil 13 iyul kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari kengashining Jenevada (Shveysariya) bo‘lib o‘tayotgan 44-sessiyasi doirasida BMTning Sudyalar va advokatlar mustaqilligi masalasi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Diyego Garsiya-Sayanning 2019 yil 19-25 sentyabr kunlari O‘zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi yakunlariga doir ma’ruzasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati xabar berdi.

Diyego Garsiya-Sayan O‘zbekistonda sud hokimiyati mustaqilligini mustahkamlash va huquqshunoslarning o‘z kasbiy faoliyatini yanada erkin bajarishini ta’minlashga qaratilgan islohotlarning muayyan amaliy natijalarini sanab o‘tdi. Mamlakatimizda sud hokimiyati va sudlar xizmatini tashqi siyosiy bosimlardan muhofaza qilish borasida keng vakolatlarga ega bo‘lgan konstitusiyaviy organ sifatida Sudyalar oliy kengashi tashkil etilganini e’tirof etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!