BMT Kobuldagi masjidga uyushtirilgan hujumni qoraladi

BMT Kobuldagi masjidga uyushtirilgan hujumni qoraladi

Jahon tashkiloti Afg‘onistonning amaldagi rasmiylarini mamlakatda terrorizmning barcha ko‘rinishlarining oldini olish uchun aniq choralar ko‘rishga chaqirdi.

“BMTning Afg‘onistonga Yordam Missiyasi chorshanba kuni Kobuldagi masjidga uyushtirilgan va o‘nlab tinch aholining o‘limiga sabab bo‘lgan hujumni qoraladi”, deb xabar berdi BMT matbuot xizmati.

“Kechagi Kobuldagi masjidga qilingan hujumni afsuslanamiz, bu oxirgi haftalarda 250 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘lgan va yaralangan hujumlar seriyasining oxirgisi. Bu so‘nggi yildagi tinch aholi qurbonlarining eng yuqori soni”, — deyiladi BMTning Afg‘onistonga Yordam Missiyasi tvitterda e’lon qilingan qisqa bayonotda.

“Xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat yomonlashgani sababli, BMT de-fakto rasmiylarni (Tolibon) Afg‘onistonda terrorizmning barcha shakllarining oldini olish bo‘yicha aniq choralar ko‘rishga chaqirmoqda. Kichik jamoalar ko‘proq qo‘llab-quvvatlanishi kerak va aybdorlar javobgarlikka tortilishi kerak. Biz halok bo‘lganlarning oila a’zolariga chuqur hamdardligimizni va jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini bildiramiz”, dedi BMTning Afg‘onistonga Yordam Missiyasi vakillari.

17 avgust, chorshanba kuni Kobul shimoli-sharqidagi Siddiqiya masjidida kechki namoz vaqtida kuchli portlash sodir bo‘lib, ko‘p sonli odamlar halok bo‘ldi va yaralandi.

Siz qaysi domendagi internet magazinlaridan ko‘proq foydalanasiz?


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!