BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Mishel Bachelet Xitoyga keldi

BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Mishel Bachelet Xitoyga keldi

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Bachelet 23 may dushanba kuni Xitoyga keldi.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Van Venbinning aytishicha, Pekin Oliy komissarning tashrifini olqishlaydi. Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Bachelet tashrif davomida Xitoy rahbarlari va tegishli davlat idoralari vakillari bilan uchrashadi. Bundan tashqari, tashkilot vakili Guangdong provinsiyasi va Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoniga tashrif buyuradi.

Tashrifdan maqsad tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish orqali butun dunyoda inson huquqlarini ta’minlashda ijobiy rol o‘ynash, dedi Venbin.

“Anadolu” axborot agentligi muxbirining “Oliy komissar Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoniga tashrifi chog‘ida biron-bir qamoqxona, tergov izolyatori yoki qayta tayyorlash markaziga tashrif buyuradimi?” degan savoliga Xitoy diplomatiyasi vakili: “Pekin tashrif davomida Bacheletga zarur shart-sharoitlarni taqdim etadi. Tashrifdan maqsad o‘zaro hamkorlik va hamkorlikni kuchaytirish orqali xalqaro inson huquqlari idealiga hissa qo‘shishdir. Biz bu tashrifdan siyosiy manipulyasiya uchun foydalanishga qarshimiz”, deyish bilan cheklandi.

Vangning ta’kidlashicha, COVID-19 ga qarshi choralar tufayli jurnalistlarga delegasiya bilan sayohat qilish va Bacheletning aloqalarini kuzatishga ruxsat berilmaydi.

BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining ma’lum qilishicha, Bachelet Xitoyga 6 kunlik tashrifi doirasida siyosiy arboblar, shuningdek, ilmiy doiralar va fuqarolik jamiyati vakillari bilan uchrashadi.

Tashrif Xitoy janubidagi port shahri, Guandun ma’muriy markazi – Guanchjou shahriga sayohatdan boshlanadi. Bu yerda BMT Oliy vakili mahalliy universitet talabalari bilan muloqot olib boradi.

Mishel Bacheletning tashrifi 28 maygacha davom etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!