BMT Bosh kotibi: "Obe’ktlarimiz daxlsiz ekanini yana bir bor tasdiqlayman"

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish so‘nggi 24 soat ichida BMTning Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligining G‘azo sektoridagi ikkita maktabiga uyushtirilgan hujumdan qattiq hayratda ekanligini aytdi.
Minglab falastinliklar BMT muassasalarida boshpana olayotganini eslatgan Guterresh, “Obe’ktlarimiz daxlsiz ekanini yana bir bor tasdiqlayman” dedi.
Bosh kotib BMT muassasalarida boshpana topgan o‘nlab insonlar, jumladan, bolalar va ayollar halok bo‘lgani va yaralanganini ta’kidladi.
"Urushda har kuni qabul qilib bo‘lmaydigan darajada tinch aholi, jumladan, ayollar va bolalar qurbon bo‘lmoqda. Bu endi to‘xtatilishi kerak" - dedi Guterrish.
U Falastin anklavida gumanitar yarashuvga chaqiruvini yangiladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)