BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi raisi G‘azo aholisining ahvoliga e’tibor qaratishga chaqirdi

BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi raisi G‘azo aholisining ahvoliga e’tibor qaratishga chaqirdi

BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi prezidenti Dennis Frensis Isroilning anklav janubidagi Rafah hududida amalga oshirishi mumkin bo‘lgan operasiyasi fonida G‘azo sektoridagi tinch aholining ahvoliga e’tibor qaratishga chaqirdi.

Frensisning aytishicha, u Isroilning Rafahga qarshi ehtimoliy harbiy amaliyoti haqidagi xabarlardan hayratda va chuqur xavotirda.

«Men Bosh kotibning boradigan joyi yo‘q begunoh odamlarning ko‘pligi haqidagi chaqirig‘iga qo‘shilaman», deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda.

«Butun insoniyat uchun G‘azo sektoridagi tinch aholining ahvoliga e’tibor bering va bunga ahamiyat bering», - dedi u.

Frensis yana bir bor BMT Bosh Assambleyasining zudlik bilan gumanitar sulh, xalqaro gumanitar huquqni hurmat qilish va barcha mahbuslarni so‘zsiz ozod qilishga chaqirdi.

Avvalroq Isroil bosh vaziri devonining bayonotida «G‘azo janubida XAMASning to‘rtta batalonini yo‘q qilmasdan turib, urush maqsadiga erishib bo‘lmaydi», deyilgan edi.

(Binyamin) Netanyaxu «Isroil armiyasi va xavfsizlik xizmatlariga hukumatga taqdim etish uchun qo‘shma rejani tayyorlashni topshirdi, bunda aholini ushbu hududlardan ko‘chirish va XAMAS batalonlarini yo‘q qilish kiradi», deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!