BMT: Afrikadagi toshqinlar kamida 760 ming kishiga zarar yetkazdi

BMT: Afrikadagi toshqinlar kamida 760 ming kishiga zarar yetkazdi

BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish idorasi xodimi Juli Belanjerning so‘zlariga ko‘ra, Markaziy va G‘arbiy Afrikaning 11 ta davlatida 760 ming kishi toshqinlardan jabr ko‘rgan, 200 dan ortiq odam vafot etgan. Yomg‘irlar esa hamon davom etmoqda.

Senegalda yillik yog‘ingarchilik darajasi bir kunda qayd etilgan, Burkina-Fasoda yomg‘irlardan keyin favqulodda holat e’lon qilingan, 13 kishi halok bo‘lgan. Gana shimolida ham bir nechta qurbonlar qayd etilgan. Nigerda esa 65 kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Nigeriyaning Borno shtatida 26 ming kishi uysiz qolgan, 30 kishi vafot etgan. Noqulay ob-havo sharoiti, shuningdek, Kamerun va Chadga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan.

Sudanda 103 kishi vafot etgan, 500 mingdan ortiq odam jarohatlangan, 100 mingdan ortiq uy vayron bo‘lgan.

Yomg‘irlar davom etayotgani va oziq-ovqat ta’minoti tugaganligi sababli BMT mamlakatda gumanitar vaziyat yanada og‘irlashadi, deb hisoblamoqda.

Ta’kidlanishicha, yomg‘irlar sabab Nil 17 metrga ko‘tarilib, 1946 hamda 1988 yillarda qayd etilgan rekord darajadan ham oshib ketgan.

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan yili Afrikaning markaziy va g‘arbiy qismida yuz bergan yog‘ingarchilik katta toshqinlarga olib kelgan va natijada 11 mamlakatda 1 milliondan ortiq aholi zarar ko‘rgan edi.

Qayd etilishicha, yomg‘irli mavsum davom etayorgani bois BMT joriy yilda qurbonlar soni avvalgi ko‘rsatkichlardan oshib ketishi mumkin deb ta’kidlamoqda.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!