Blinken Tailandga boradi

Blinken Tailandga boradi

Joriy yil 9-10 iyul kunlari AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Tailandga tashrif buyurib, tashqi ishlar vaziri Don Pramatvinay bilan uchrashadi, shuningdek Bosh vazir Prayut Chan-o-cha bilan ko‘rishadi. Bu haqda Tailand Qirolligi Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Davlat kotibi Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi kasalliklarni nazorat qilish bo‘yicha departamentning tez yordam markazi, shuningdek, Patxumtxani provinsiyasidagi Ijtimoiy rivojlanish va jamoat havfsizligi vazirligi qoshidagi odam savdosi qurbonlarini ijtimoiy himoya qilish markazini ham ko‘zdan kechiradi.

Tailand TIV tashrif strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, ikki davlat va hududlarning umumiy qadriyatlari hamda manfaatlariga asoslangan ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga imkon berishini ta’kidladi.

Blinken lavozimiga kirishganidan buyon Tailandga ilk bor safar uyushtirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!