Bishkek Tojikiston bilan mojarodan ko‘rilgan zararni baholadi

Bishkek Tojikiston bilan mojarodan ko‘rilgan zararni baholadi

“Moddiy zarar, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, taxminan 1,5 mlrd somni (18 mln $) tashkil etadi, hisob-kitoblar davom etmoqda”, — dedi Qirg‘iziston Xavfsizlik kengashi kotibi.

Videoda Oq-suv daryosidagi 36 metrlik ko‘prik xarobalari aks etgan. U mojaro vaqtida portlatilgan. Ko‘prik orqali aholi uchun zarur bo‘lgan tovarlar yetkazib berilardi. Qirg‘iziston ko‘prikni qachon to‘liq tiklashi hozircha noma’lum.

Umuman olganda, mojaro oqibatida mamlakatda 600 ga yaqin infratuzilma ob’ektlari vayron bo‘lgan.

Tojikistonga yetkazilgan zarar hozircha ochiqlanmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!