Birjada un narxi pasaydi

Birjada un narxi pasaydi

O‘tgan hafta davomida, ya’ni 6—12 mart kunlari O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasining barcha savdo platformalarida 3,4 trln so‘mlik tovar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 33,8 foizga ko‘pdir. Bu haqda birja matbuot xizmati xabar berdi.

Bunda sotuvlarning:

  • 63,7 foizi — birja savdolari;
  • 0,04 foizi — ko‘rgazma-yarmarka savdolari;
  • 36 foizi — elektron davlat xaridlari;
  • 0,3 foizi — avtoraqamlarning onlayn auksioniga to‘g‘ri keldi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 631,7 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 174,3 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 1 915 ta avtoraqam sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 8,6 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Birja savdolari

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 2,2 trln so‘mlik tovar resurslari sotildi, shu jumladan:

Un

O‘tgan haftada birja savdolari orqali 22 519 tonna un sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 711 ta xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda 1-navli un bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 4,66 mln so‘mdan 4,62 mln so‘mgacha pasaydi. Unning o‘rtacha kunlik sotuv hajmi 4 504 tonnani tashkil qildi.

O‘tkazilgan birja savdolari natijasida 1-navli un bo‘yicha shakllangan o‘rtacha haftalik narxi mahsulotni bir tonnasi uchun 4,62 mln so‘mni tashkil etdi.

Polietilen

O‘tgan hafta mobaynida birja savdolariga 4 226 tonna polietilen qo‘yildi va ulardan barcha hajmi sotildi. Polietilenning o‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 845 tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda polietilenning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 18,1 mln so‘mdan 17,3 mln so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 92 xaridor ishtirok etdi.

Omuxta yem

O‘tgan hafta mobaynida birja savdolariga 16 533 tonna omuxta yem qo‘yildi va undan 7 128 tonnasi ya’ni 43,1 foizi sotildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda omuxta yem bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 2,1 mln so‘mdan 1,9 mln so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 62 ta xaridor ishtirok etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!