“Bibi seshanba” va “Mushkulkushod” Islomda bormi?

A A A
“Bibi seshanba” va “Mushkulkushod” Islomda bormi?

So‘nggi vaqtlarda ayollar orasida Bibi Seshanba , Mushkulkushod kabi marosimlarni tez-tez o‘tkazish odat tusiga kirgan. Ba’zan ushbu marosimlarda istasak-istamasak qatnashishga ham to‘g‘ri kelib qolyapti. Yaqinda bir suhbatdoshim: Onam uyda mushkul kushod qilaman, deyapti. Bu marosimni o‘tkazish shariatimizda yo‘qligini tushuntirmoqchi bo‘lyapmanu, ular meni eshitishni ham xohlamayaptilar, qandaydir adabiyotlarni menga asos qilib ko‘rsatishga harakat qilyaptilar , deb qoldi. Uning aytishicha, bu marosim uchun qo‘ni-qo‘shnilar, qarindoshlar uyga chaqirilib, dasturxon yozilar, is chiqarish uchun deb turli taomlar, masalan, chalpak, bo‘g‘irsoq, holvalar pishirilar va ularga Qur’on tilovat qilinarkan. Marosim so‘ngida esa har bir kelganlarga dasturxondan yegan narsalaridan qolganlarini tuguncha qilib berilarkan...

Xo‘sh, suhbatdoshimning onasi aytganidek, ushbu marosimlar haqida adabiyotlar mavjudmi? Bibi seshanba o‘zi kim? Marosimlarda qilinayotgan amallar shariatimizda joizmi?

Bibi seshanba kim?

Turli marosimlar uchun asos bo‘layotgan adabiyotlardan biri Qissai Bibi Seshanba haqidagi kitobdir.Undagi qissaga ko‘ra, bir yetim qiz o‘gay ona qo‘lida xorlik tortar ekan. Onasi har kuni qizning qo‘liga paxta berib, Paxtani yigirib, sigirni o‘tlatib kel! der ekan. Ip yigirmay kelgan kun o‘gay ona qizga ko‘p azob-uqubatlar berar ekan. Bir kuni qiz sigirini olib, paxtani yigirish uchun ketayotganda sigir qochib bir g‘orga kirib ketadi. Qiz ham sigirini ketidan g‘orga kirgan edi, u yerda bir ayolga ko‘zi tushadi. Qiz salom berib kiradi. Bibi salomiga alik olib, ahvolini so‘raydi. Qiz ma’yuslik bilan ahvolini gapirib beradi. Shunda Bibi Men seni duo qilaman, mushkullaring yengillashadi, sen esa meni yo‘qlab turgin deb tayinlaydi. Qiz tez-tez kelib yo‘qlab turadi. Kunlardan bir u qiz yashaydigan shahar kattalaridan birining to‘yiga bormoqchi bo‘lganda Bibi jannatga qo‘l uzatib jannatdan kiyim-kechaklar olib beribdi. Qiz to‘yda o‘gay onasini ko‘rib qolib, u yerdan chiqqanda kavushi tushib qoladi, kavushini topib olgan to‘y xonadoni o‘g‘li kimga bu kavush to‘g‘ri kelsa, unga uylanishini aytadi. Xullas kovush qizga to‘g‘ri keladi va qizga uylanadi. Bibi qizga vasiyat qilib: Mehnating rohatga, mashaqqating davlatga aylandi, Meni haqqimga taom qilib, bu qissani bayon qilib tur deb tayinlaydi.

Ushbu qissa mashhur Zumrad va Qimmat yoki Zolushka ertaklarini eslatadi. Qissai Bibi Seshanba shu ertaklar asosida to‘qib chiqarilgan bo‘lishi mumkin.

Mushkulkushod mushkullarni oson qiladimi?

Bibi mushkulkushod , ya’ni mushkullarni kushoyish qiluvchi ayol haqidagi qissada keltirilishicha, o‘tin yig‘ib yurgan chol o‘rog‘ini qidirib, Bibi Mushkulkushod yashaydigan g‘orga kirib boradi. Shunda Bibi Mushkulkushod cholga unga atab har chorshanba kuni ziyofat o‘tkazsa, o‘rog‘i topilishini va bundanda ko‘proq o‘tin yig‘ishi mumkinligini aytadi. Chol bu talabni bajaradi va ishi yurishib ketadi. Chol ehtiyotsizlik qilib bir safar chorshanbani o‘tkazib yuboradi va yana og‘ir ahvolga tushib qoladi. Xatosini tuzatgach, yana ishi yaxshilanib ketadi.

Bibi Mushkulkushod qissasidagi Bibi - Bahouddin Naqshbandning xolalari deb keltirilgan.

Tarixiy manbalarda nima deyiladi?

Bir necha tarixiy manbalarda qayd etilishicha, Bibi seshanba kelib chiqish mohiyatiga ko‘ra, ma’buda ramzi bo‘lib, uning ildizi O‘rta Osiyo va O‘rta Sharqda Islom dini kelguniga qadar keng yoyilgan ma’buda Anaxita (Nohid)ga borib taqaladi. Anaxita dehqonchilik va chorvachilik, hosildorlik va pishiqchilik ma’budasi hisoblanib, go‘yo uning qudratiga inson va hayvonlar, qushlar va barcha jonivorlar ham bo‘ysungan, deb hisoblanar edi. Shu tariqau Bibi mushkul kushod , ya’ni kishini har qanday mushkuldan xalos etuvchi Ona obraziga aylangan.

Boshqa bir manbada keltirishicha, marosim ko‘pgina turk xalqlari orasida keng tarqalgan. Turkiston hududlarida Bibi Seshanba, Turkiyada Payshanba qari (Peyshenbe-kari) yoki Parshamba pari, Eronda Bibi-hur va Bibi Nur, Afg‘onistonda Bibi Risinda, Bibi Charxi, uyg‘urlarda esa Seshamba Bibi deb atalgan.

Mamlakatimizning turli hududlarida Bibi Seshanba (Seshanba ona) marosimi seshanba kunlari otinoyi boshchiligida o‘tkaziladi. O‘zbek va tojik xalqlarida Bibi Seshanba oilaviy baxt, tikuvchi va yigiruvchi ayollar homiysi ramzidir. Odatga ko‘ra, marosim turmushga chiqmagan qizi bor xonadonlarda ayollar tomonidan o‘tkazilgan. Bunda albatta umoch oshi (xamir ovqat), 7 ta chalpak (yog‘da pishiriladigan yupqa non), 7 ta obi non, suyuq va quyuq taomlar pishirilgan. Shuningdek, 2 ta shamdan ham foydalanilgan.

Marosimga qadar xonadonning to‘rt burchagiga likopchaga un solib qo‘yilgan. Ba’zi hududlarda xamir rayhon solingan suvdan tayyorlangan. Bu birinchidan, rayhon jannat o‘simligi deb hisoblangani bilan, ikkinchidan, taomga xushbo‘y hid berishi bilan bog‘langan.

Marosimning asosiy ramzlaridan biri supra hisoblangan. Suprada un elash bilan bog‘liq turli odatlar bajarilgan. Bunday marosimlarda xonadon erkaklari ishtirok etmaydi. Ishtirok etuvchi ayollar soni chegaralanmagan. Otinoyga oq ro‘molcha, shirinliklar, pul sovg‘a qilingan.

Mushkulkushod bid’at!

Fotima Habibulloh qizi, O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i:
Mamlakatimizning ko‘pgina viloyatlarida yashovchi aholi orasida Mushkulkushod va Bibi Seshanba marosimlari saqlanib qolgan. Bu marosimlar bid’at marosimlardan bo‘lib, ayollarning xurofiy tasavvurlaridan kelib chiqqan odatlardir.

Marosimlar asosan, ayollar orasida mushkulni oson qilish maqsadida, ish yurishmay qolsa, qiz yoki yigitga tengi topilmay qolganda, homilador ayollarning eson-omon qutilib olishlari uchun yetti chorshanba mushkul kushod o‘qitiladi. Mushkulkushod o‘qitishda bu marosimni qiluvchi ayol (ya’ni mushkulini oson qiluvchi ayol) non, mayiz, qand, choy va boshqa narsalarga dam urib beradi. Dam solingan choyni damlaganda qaytarib bo‘lmaydi, dami ketadi, deb ham noto‘g‘ri e’tiqod qilinadi.

Bunday bid’at va xurofotlarni el orasida tarqatishda folbinlar ham yetakchilik qilishadi. Mushkullaringizni bartaraf qilish uchun, albatta mushkulkushod qildirib yuboring , degan quruq safsata bilan boshiga mushkul ish tushgan mijozlariga tavsiya beradi.

Mushkulkushod so‘zi qiyinchiliklarni ochuvchi , muammolarni bartaraf etuvchi ma’nosini anglatadi. Omma xotin-qizlar tasavvurida Mushkulkushod odamlar mushkulini oson qiluvchi, muammolarini bartaraf etuvchi, baxt, omad va boylik keltiruvchi avliyo xotindir.

Mushkulkushod marosimi haligacha o‘zbek xalqi orasida saqlanib kelmoqda va bu islomiy marosim degan nomda nishonlanadi. Aslida uning Islom bilan hech qanday aloqasi yo‘q.

Ba’zi sodda ayollar mushkulkushod marosimida Qur’on o‘qiladi, hadis aytiladi, deb o‘zlariga tasalli bermasinlar. Sababi,bu nomiga qilinadigan ishlar. Aslida marosimning asosini ruhlardan madad so‘rash, folbinlik qilish, tumorlarga dam solish, issiq-sovuq qilish kabi mardud amallar tashkil qiladi.

Alloh insonlarga bergan eng buyuk ne’matlar ichida bu aqldir. Har qanday holatda ham biron bir ishni qilishdan oldin tafakkur qilinsa, foydadan holi emas. Qo‘limizga tushgan har qanday kitoblarni ko‘r-ko‘rona o‘qib ketaverish emas, balki kitob mazmun mohiyatini chuqur anglab, uqish lozim. Alloh taolo iroda etgan ishni dunyoda hech bir kuch O‘zining iznisiz bartaraf etolmaydi.

Bibi seshanba , Bibi Mushkulkushod kabi bid’atlar shariatda yo‘q marosimlar bo‘lib, bular shirk amallardan ekanligini anglab yetishimiz kerak. Tabiiyki, har bir inson sinovga uchraganda, uni bartaraf etish yo‘llarini axtara boshlaydi. Inson boshiga og‘ir musibat, mushkul ish tushganda bularning barchasi Alloh taoloning qazoyi-qadaridan, O‘zining irodasidan deb bilib, Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamdan kelgan hadisi shariflar asosida, Qur’oni Karim oyatlaridan o‘qib, salovotlar aytib, Alloh taolodan mushkulini oson qilishni so‘ramog‘i lozim.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Timmi ismli kit bioyoqilg‘iga aylanadi

Бу ҳақда Die Zeit нашри хабар берди.

47°C issiqlikda tong ham, tun ham yo‘q: Hindistonning eng issiq hududida bir kun

Ҳиндистоннинг Уттар-Прадеш штатидаги Банда туманида ҳаёт сўнгги ҳафталарда мисли кўрилмаган жазирама иссиқлик шароитида кечмоқда.

AQShda ham to‘y qilayotganlar aqldan ozmoqda

Бу ҳақда New York Post нашри хабар беради.

O‘zbekiston — Kolumbiya o‘yini uchun chiptalar sotuvi rekord darajaga chiqdi

Эълон қилинган расмий маълумотларга кўра, Ўзбекистон — Колумбия ўйини учун ҳозирги соатгача роппа-роса 74 725 та чипта сотиб бўлинган.

Jaloliddin Masharipov terma jamoa qaydnomasidan chiqarilmoqda

Жалолиддин Машарипов Ўзбекистон миллий терма жамоаси қайдномасидан чиқарилгани хабар қилинмоқда. Унинг ўрнига Русланбек Жиянов 26 нафар футболчидан иборат якуний рўйхатга киритилиши кутилмоқда.

Andijonda IIB xodimi voyaga yetmagan shaxsning nomusiga tekkanligi aytilmoqda. Gumonlanuvchi 2004 yilgi Olimpiada bronza medali sohibi(?)

Ижтимоий тармоқда ИИБ ходими вояга етмаган шахснинг номусига текканлиги ҳолати юзасидан ҳабар жойлаштирилган.

Jasjan Rossiyada qo‘lga olindi: bloger kechirim so‘radi

У метро йўловчиларини турли провокацион ҳаракатлар орқали жанжалга ундаб, уларнинг реакцияларини видеога олган ва кейинчалик ушбу лавҳаларни ижтимоий тармоқларда тарқатиб келган.

19 nafar amaldor ishdan olindi, 36 nafari jazolandi

Натижада 36 нафар ходим интизомий жавобгарликка тортилди, 19 нафар масъул эса лавозимидан озод этилди.

Qurbonlar bor! Qarshi tumanida sodir bo‘lgan portlash to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot berildi

Дастлабки маълумотга кўра, 4 та автомобиль (2 та кобалт, 2 та газ ташишга мўлжалланган автомобиль) ҳамда 2 та ер остидаги ёқилғи сақлаш резервуари ёниб зарарланган.

Kuba fuqarolarga qurol tarqatishni boshladi

​Нашр маълумотларига кўра, бу орол атрофида кескинликнинг кучайиши ва Вашингтоннинг минтақадаги ҳарбий иштироки ортиши билан боғлиқ.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Шунингдек, ўқувчиларнинг ота-оналари «Энг фаол ота», «Жонкуяр она», «Масъулиятли ота-она» каби номинациялар ҳамда «Миннатдорчилик хат»лари билан тақдирланиши белгиланган.

O‘zbekistonda yangi ko‘l paydo bo‘ldi

Бухоро вилоятидаги Қизилқум чўли ўртасида тахминан 80 квадрат километр майдонни эгаллаган йирик сув ҳавзаси аниқланди.

O‘zbek futbolchilarining o‘yindan keyin qilgan ishi kanadaliklarni hayratga soldi!

2026 йилги жаҳон чемпионатидаги дебютига пухта тайёргарлик кўраётган Ўзбекистон миллий терма жамоаси жаҳон миқёсида ҳам эътибор ва эътироф қозона бошлади.

Eron 57 ta musulmon davlatidan iborat “Islom NATOsi” ni tuzishga chaqirdi

Бу ҳақда Iran International хабар берди.

Zo'r TV telekanali 13-iyun kuni JCH-2026ning 4 ta o‘yinini jonli translyasiya qiladi

Zo'r TV телеканали бугун жаҳон чемпионатининг 1-туридан ўрин олган 4 та баҳсни жонли эфирда трансляция қилади.

Qatar Eronga 12 milliard dollar taklif qildi

Қатар Эроннинг музлатилган активлари атрофидаги баҳсни ҳал этиш бўйича музокаралар доирасида Теҳронга 12 миллиард долларлик молиявий кўмак пакетини таклиф қилди.

Turkiyada uch kun ichida to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

Бундан ташқари, узоқ вақт давомида онкологик касаллик билан курашиб келган 58 ёшли ўзбекистонлик аёл Истанбулдаги шифохоналардан бирида вафот этган.

AQSh Ukrainani Rossiyaning "Oreshnik" raketasi bilan zarba berishi mumkinligi haqida ogohlantirdi

Бу ҳақда Украина ҳукуматидаги манба хабар берди.

So‘nggi 140 yildagi eng kuchli El-Nino hodisasi yaqinlashmoqda. Bu butun dunyodagi ob-havoga ta’sir qilishi mumkin

Маълумот учун, Эл-Нино — ҳар икки йилдан етти йилгача бўлган даврда такрорланиб турадиган иқлим ҳодисасидир.

Rossiya Ukrainadagi urushga davlat byudjetining yarmini sarflay boshladi – nemis iqtisodchisi taxlili

Берлиндаги Фан ва сиёсат жамғармаси (SWP) эксперти Янис Клюге 2026 йилнинг январ-март ойлари якунлари бўйича шундай баҳо берди. Унинг маълумотларига кўра, ушбу даврда Россиянинг ҳарбий харажатлари янги максимал даражага — 5,9 триллион рублга етган.

Isroil: Eron masalasida AQShdan mustaqil harakat qilamiz

Исроил мудофаа вазири мамлакат Эрон билан боғлиқ хавфсизлик масалаларида АҚШдан мустақил қарор қабул қилишда давом этишини билдирди.

Qashqadaryoda o‘zini prokuror deb tanishtirgan firibgar ushlandi

Қашқадарё вилоятида бир шахс ўзини прокурор сифатида таништириб, фуқародан пул талаб қилган.

AQSh va Janubiy Koreyaga noqonuniy yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Терговга қадар текширув давомида, у муқаддам 1999 й.т. бошқа бир фуқарони ҳам Жанубий Кореяга ишга юборишни ваъда қилиб, пул олганлиги маълум бўлди.

Eron terma jamoasining mashg‘ulot bazasi yaqinidan jasad topildi

Марҳумнинг шахси ҳозирча сир сақланмоқда.

Yakkasaroydagi ko‘p qavatli uy fasadida yong‘in sodir bo‘ldi

Хабарга асосан қутқарув бўлинмалари соат 10:23 да воқеа жойига етиб борган ва ҳозирда ёнғинни ўчириш ишларини амалга оширмоқда.

Giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlik takomillashtirildi

Қонун (ЎРҚ–1151-сон, 11.06.2026 й.) билан айрим қонун ҳужжатларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритилди.

Kit Kellog Isroilning yadroviy quroli borligini “ochiqlab qo‘ydi”

Fox News хабар беришича, АҚШ президентининг Украина бўйича собиқ махсус вакили Кит Келлог Исроилда ядровий қурол мавжудлиги ҳақида жамоатчиликда янги муҳокамаларга сабаб бўладиган баёнот берган.

Turkiyaning vaqt sekinlashadigan qishloqlari haqida bilasizmi?

Сўнгги йилларда секин саёҳат (clow travel) замонавий туризмнинг муҳим йўналишларидан бирига айланди. Сайёҳлар тобора сокин, мазмунли ва мақсадли саёҳатни афзал кўрмоқда.

Surxondaryoda uch nafar o‘smir daryoga cho‘kib, halok bo‘ldi

Сурхондарё вилоятининг Жарқўрғон туманида дарёга чўмилиш учун тушган беш нафар йигитдан уч нафари кучли оқим қурбони бўлди.

Tailand sudi ikki erkakni o‘lim jazosiga hukm qildi

Ҳужум оқибатида 20 киши ҳалок бўлган, 120 дан ортиқ инсон жароҳатланган эди.

Professor Hasan Hasanovning “Vengerlar va ozarbayjonlarning umumiy etnik ildizlari” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

2026 йил 10 июнь куни Туркий Маданият ва Мерос Жамғармаси бош қароргоҳида ташкилотнинг “Туркий дунё дипломатияси дурдоналари” китоблар туркуми доирасида нашр этилган янги асар — таниқли жамоат, давлат ва сиёсат арбоби, Туркий Давлатлар Ташкилоти Оқсоқоллар Кенгаши аъзоси, тарих фанлари доктори, профессор Ҳасан Ҳасановнинг “Венгерлар ва озарбайжонларнинг умумий этник илдизлари” номли китоби тақдимоти бўлиб ўтди.

Tramp Eronga qarshi yangi kuchli zarbalar bilan tahdid qildi

Дональд Трамп АҚШ яқин соатларда Эронга қарши яна бир қатор “жуда кучли зарбалар” бериши мумкинлигини маълум қилди.

Surxondaryoda poyezdda yo‘lovchi ayolga shilqimlik qilgan chipta sotuvchisi 5 sutkaga qamaldi

Жабрланувчининг кўрсатмасига кўра, у манзилга яқинлашганда чипта сотувчиси унинг орқасидан келиб қучоқлаган.

Andijondagi poliklinikada 4 kishi zaharlanib vafot etdi

Фавқулодда вазиятлар вазирлиги матбуот хизмати Марҳаматдаги ҳолатда қутқарувчилар 4 жасадни чиқариб олгани тасдиқлади.

Faqat ovoz va royal: Jon Lejend Samarqandga unutilmas oqshom tuhfa etdi

8 июнь куни Самарқанддаги Регистон майдонида дунёга машҳур қўшиқчи, қўшиқнавис ҳамда «Грэмми», «Оскар», «Тони» ва «Эмми» мукофотлари соҳиби Жон Ледженднинг узоқ кутилган концерти бўлиб ўтди.

Jizzaxdagi parkda attraksion sinishi oqibatida 4 kishi jarohatlandi

Билдирилишича, ҳозирги вақтда жабрланганлар маҳаллий шифохона масъуллари назоратида.

G‘azo vayronalar ostidagi jasadlar sabab kemiruvchilar bosqiniga uchradi — Financial Times

Аҳоли кемирувчилардан ташқари чивин, бурга ва битларга қарши курашишга ҳам мажбур бўлмоқда.

Pokiston Afg‘oniston hududiga havo zarbalari berdi

Покистон Афғонистон билан чегара бўйлаб ҳаво зарбалари уюштирди. Бу ҳужумлар минтақада бир неча ой давом этган нисбий тинчликдан кейин содир бўлди.

Shimoliy Irlandiyadagi pichoqli hujum ortidan muhojirlarga qarshi tartibsizliklar boshlandi

Шимолий Ирландиянинг бир қатор шаҳарларида муҳожирларга қарши оммавий тартибсизликлар юз берди. Намойишлар Белфаст шаҳрида суданлик эркакнинг бир кишига пичоқ билан ҳужум қилгани ҳақидаги хабарлар ортидан бошланган.