Benzema "Real"ni tark etishi mumkin, chunki...

Benzema "Real"ni tark etishi mumkin, chunki...

Madridning «Real» klubi hujumchisi Karim Benzema yozgi transferlar vaqtida jamoani tark etishi mumkin.

«Relevo» nashrining xabariga ko‘ra, 35 yoshli futbolchiga Saudiya Arabistonining top-klublaridan biri 100 million yevrolik shartnoma taklif qilgan. Fransuz futbolchisi bu taklifni ko‘rib chiqmoqda. Benzemaning madridliklar bilan shartnomasi 30 iyun kuni yakuniga yetadi. «Real Madrid» hujumchi bilan shartnomani yana bir mavsumga uzaytirishini kutmoqda.

Eslatib o‘tamiz, futbolchi 2009 yildan beri «qaymoqranglilar» safida o‘ynab kelmoqda. Benzema joriy mavsumda 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Karim «Real» bilan Chempionlar ligasining yarim finaliga ham yetib borgandi ammo «qaymoqranglilar» «Manchester Siti»ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Chempionlar ligasida fransiyalik futbolchi o‘nta o‘yinda to‘rtta gol urdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!