Behbudiyni nechta davlat olimlari tan olgan?

Behbudiyni nechta davlat olimlari tan olgan?

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Innovasion rivojlanish vazirliklari, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti, Ilmiy xizmatlar markazi hamkorligida Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 146 yilligi munosabati bilan “Mahmudxo‘ja Behbudiy va jadid matbuoti” mavzusida xalqaro miqyosdagi onlayn ilmiy-amaliy konferensiyaning o‘tkazildi.

Zoom platformasi orqali o‘tkazilgan anjumanda Yevropa, Rossiya va Yevroosiyo ta’lim markazi direktori o‘rinbosari, AQSh Michigan davlat universiteti, Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti qoshidagi Rossiya davlat huquqshunoslik universiteti, Turkiyaning Ege Üniversitesi, Xo‘jand davlat  universiteti hamda Ozarbayjon Milliy ilmlar akademiyasi, Nizomiy Ganjaviy nomidagi adabiyot institutidan mutaxassis-olimlar ma’ruzalar bilan ishtirok etdi. Shuningdek, mamlakatimizda jadid matbuoti bo‘yicha tadqiqot olib borgan taniqli olimlardan Naim Karimov, Bahodir Karimov, Tursunali Qo‘ziyev, Zaynobiddin Abdurashidov, Halim Saidov, Akbar Nurmatov, Sayyora Halimovalarning ma’ruzalari ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otdi.

- Mahmudxo‘ja Behbudiy merosini o‘rganishda mahalliy va xorijiy olimlar o‘rtasida ilmiy aloqalarni o‘rnatish juda muhim sanaladi, - deydi filologiya fanlari nomzodi, dosent Halim Saidov. – Xalqaro konferensiyaning o‘tkazilgani esa ushbu ezgu maqsadga erishish uchun dastlabki qadam bo‘ldi. E’tiborlisi, konferensiya to‘plamida nashr etilgan ilmiy tezislar GOOGLE SCHOLAR xalqaro bazasida indeksiyalanadi. Har biriga DOI (Digital Object Identifier) raqami beriladi. Bu esa Behbudiy ilmiy merosi bilan shug‘ullanuvchi va unga qiziquvchilar uchun ularning bilimlarini o‘zlashtirish maydoniga aylanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!