Ba’zilarga ob-havoning sovib ketishi “bayram”ga aylandi

Ba’zilarga ob-havoning sovib ketishi “bayram”ga aylandi

Andijonda soliqchilar tomonidan 38 tonna ko‘mirning noqonuniy savdosi oldi olindi.

Yurtimizga qish faslining eshik qoqib kelayotgani, ayrimlarning “noyob qobiliyati”ni uyg‘otib yuborgan ko‘rinadi. Ob-havoning keskin sovib ketishi ular uchun “bayram”ga aylandi.

Vaziyatdan unumli foydalanib qolishga uringan jalaquduqlik Olimjon Rejapov (ism-familiyalar o‘zgartirildi), Ahmad Rahimov hamda Tolibjon Samiyev ko‘mir savdosini boshlab yuborishibdi. Ne ajabki, ular “tadbirkor”ligini qonuniy emas, hech qanday hujjatlarsiz yo‘lga qo‘ygan ekan.

Soliq xodimlari tomonidan o‘tkazilgan profilaktik tadbir natijasida Tolibjon Samiyevga tegishli bo‘lgan umumiy qiymati 20 million so‘mlik 25 tonna, “hamkasblari” Ahmad Rahimovning 6 million 400 ming so‘mlik 8 tonna, Olimjon Rejapovning esa 4 million 300 ming so‘mlik 5 tonna ko‘mir mahsulotining noqonuniy savdosi oldi olindi.

Ushbu holatlar yuzasidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar rasmiylashtirilib, 38 tonna ko‘mir mahsuloti daliliy ashyo sifatida olib qo‘yildi.​

Manba: uza.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!