Bayden Ukrainaga harbiy pudratchilar yubordi
Rossiya-Ukraina urushi boshlanganidan beri birinchi marta AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati amerikalik harbiy pudratchilarni Ukrainaga yuborishga qo‘yilgan so‘zsiz taqiqni bekor qilishga qaror qildi. Bu haqda 8 noyabr kuni CNN va Reuters manbalarga tayanib xabar berdi.
Pudratchilar Pentagon Ukrainaga yetkazib bergan qurollarni, jumladan Patriot havo mudofaa tizimlari va F-16 qiruvchi samolyotlarini ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. Manbalarning aniqlik kiritishicha, ularning soni oz bo‘ladi, ular front chizig‘idan uzoqda joylashgan va jangovar harakatlarda qatnashmaydi.
«Ukrainadagi kam sonli pudratchilar front chizig‘idan uzoqda texnik xizmat ko‘rsatadilar, agar shikastlangan bo‘lsa, AQSh tomonidan taqdim etilgan uskunalarni tezda ta’mirlashga yordam beradi va zarur texnik xizmat ko‘rsatadi», dedi anonim AQSh rasmiysi Reuters agentligiga.
AQSh Mudofaa vazirligi vakili CNN bilan suhbatda F-16 va Patriot kabi ba’zi uzatilgan tizimlarga xizmat ko‘rsatish maxsus bilim talab qilishini ta’kidladi. 2024 yil boshida Ukraina tomonidan qabul qilingan F-16 qiruvchi samolyotlari muntazam texnik xizmat ko‘rsatishni talab qiladi.
Donald Tramp 2025 yil yanvarida prezidentlikka inaugurasiya qilinganidan keyin ham bu amaliyotni davom ettiradimi yoki yo‘qmi, hozircha ma’lum emas.