Bayden mashhur gazetaning o‘g‘li to‘g‘risidagi maqolasi haqida so‘ragan muxbirga «yaxshigina» javob berdi

Bayden mashhur gazetaning o‘g‘li to‘g‘risidagi maqolasi haqida so‘ragan muxbirga «yaxshigina» javob berdi

Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Jo Bayden “CBS News” bilan o‘g‘li Xanter haqidagi savol yuzasidan dahanaki jangga kirdi, deb xabar berdi “Fox News”.

Bayden Michigan shtatidagi saylovoldi tashviqotidan so‘ng jurnalistlar bilan shaxsiy samolyotining tashqarisida suhbatlashgan va jarayon davomida undan o‘g‘li Xanter Baydenning  Ukrainaning "Burisma" energetika kompaniyasiga aloqadorligini tasdiqlovchi elektron pochta xabarlari chop etilgan “New York Post” nashrining maqolasi haqida so‘ralgan. Materialda aytilishicha, siyosatchining o‘g‘li otasining ta’siri ostida savdo qilib millionlab pul ishlab topgan.

"Janob Bayden, “New York Post”da o‘g‘lingiz haqida e’lon qilingan maqolani qanday qabul qilasiz?" - deb so‘ragan “CBS News” muxbiri.

Bunga javoban Bayden «Bu haqda so‘rashingizni bilar edim. Ammo menda javob yo‘q. Bu yana bir qoralash kampaniyasi, xuddi siz kabi muxbirlar doimo berib turadigan savollar kabi", deya ta’kidlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!