Bayden Markaziy Osiyoning besh davlati prezidentlari bilan uchrashadi

Bayden Markaziy Osiyoning besh davlati prezidentlari bilan uchrashadi

AQSh prezidenti Jo Bayden kelasi hafta tarixda ilk bor Markaziy Osiyoning beshta davlati — Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazadi. Uchrashuv Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tadi, deb ma’lum qildi AQSh prezidenti maslahatchisi Jeyk Sallivan.

Shavkat Mirziyoyev kelgusi hafta AQShga jo‘nab ketishi haqida O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qilgandi.

“Bu C5+1 formatidagi ilk prezident sammiti bo‘ladi”, — dedi Sallivan.

U mazkur sammit qaysidir davlatga qarshi qaratilmagani, gap AQShning Markaziy Osiyodagi besh davlat bilan yo‘lga qo‘yishi mumkin bo‘lgan pozitiv kun tartibi haqida ketayotganini ta’kidladi.

“Uchrashuvda bir qator masalalar muhokama qilinadi: mintaqaviy xavfsizlikdan tortib savdo va o‘zaro munosabatlar, iqlim o‘zgarishigacha”, — dedi Sallivan.

Uchrashuv oldidan AQSh prezidenti BMT Bosh Assambleyasida nutq so‘zlaydi va u yerda dunyoning “shoshilinch muammolari”ni hal etish choralarini bayon qiladi.

5 sentyabr kuni Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi ochildi. 19—23 sentyabr kunlari prezidentlar, hukumat rahbarlari va tashqi ishlar vazirlari ishtirok etadigan oliy darajadagi haftalik bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!