Bayden ikkinchi muddatga saylanmaslik qarorini izohladi

Bayden ikkinchi muddatga saylanmaslik qarorini izohladi

AQSh Prezidenti Jo Bayden ikkinchi muddatga prezidentlik uchun kurashdan voz kechish qiyin kechganini tan oldi.

– Demokratiya saqlanib qolishini prezidentligimning asosiy maqsadi etib belgiladim, – dedi u BMT Bosh Assambleyasiga murojaatida. – Yozda ikkinchi muddatga da’vodan kechishimga to‘g‘ri keldi. Bu qiyin qaror edi, chunki prezident bo‘lish hayotimdagi eng oliy sharaf. Men ko‘p ishlashni xohlardim, lekin ishimdan ko‘ra mamlakatimni ko‘proq yaxshi ko‘raman.

AQShda prezidentlik saylovi 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!