Bayden AQShning Yevropadagi askarlari sonini e’lon qildi

Bayden AQShning Yevropadagi askarlari sonini e’lon qildi

Evropada, Shimoliy Atlantika alyansi davlatlari hududida 80 ming AQSh askari bor.

Bu haqda prezident Jozef Bayden AQSh Senati va Vakillar palatasiga yo‘llagan yozma xabarnomasida ma’lum qildi.

«AQSh Qurolli Kuchlarining 80 mingga yaqin xodimi ittifoqchilarimizni rag‘batlantirish va kelajakdagi Rossiya tajovuzining oldini olish uchun Yevropadagi NATO davlatlariga jo‘natilgan yoki joylashtirilgan», - dedi Bayden.

Bu raqam o‘tgan yilga nisbatan o‘zgarishsiz qoldi. NATO davlatlaridan tashqari Kosovoda 576, Saudiya Arabistonida 2310, Iordaniyada 3813 va Livanda 75 AQSh askari bor.

Biroq maktubda Iroq va Suriyadagi amerikalik askar va zobitlar soni oshkor etilmagan – ma’lumotlar «milliy xavfsizlikni ta’minlash» uchun yopiqligicha qolmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!