Bayden AQSh JCH-2022dan chiqib ketgani haqida gapirdi

Bayden AQSh JCH-2022dan chiqib ketgani haqida gapirdi

«Yigitlar, biz sizlar bilan faxrlanamiz. O‘rnimizdan turamiz va olg‘a qarab yurishda davom etamiz. Oldinda bizni yorqin kelajak va 2026 yilda uyga qaytib kelish kutmoqda», – deb yozgan Bayden o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Kuni kecha Qatarda bo‘lib o‘tayotgan JCH-2022 musobaqalarining 1/8 final bosqichida AQSh terma jamoasi niderlandiyaliklarga 1:3 hisobida yutqazib, turnirni tark etdi. Niderlandiya terma jamoasi endi chorak finalda Argentina bilan uchrashadi.

2026 yilda AQSh Kanada va Meksika bilan birgalikda futbol bo‘yicha navbatdagi Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!