Bayden AQSh fuqarolarini Eronga tashrif buyurishdan tiyilishga chaqirdi

Bayden AQSh fuqarolarini Eronga tashrif buyurishdan tiyilishga chaqirdi

AQSh Prezidenti Jozef Bayden mamlakat fuqarolarini Eronga tashrif buyurishdan tiyilishga chaqirdi.

«Report» «TASS»ga tayanib, buni u jiddiy xavflar mavjudligi bilan izohladi, deb yozadi.

«Fuqarolarimizning uylariga qaytishini (mahbuslar almashinuvi doirasida – Eslatma) qutlab, barcha amerikaliklarga Eronga safarlar jiddiy xavf-xatarlar bilan bog‘liqligini yana bir bor eslatib o‘taman. AQSh pasportiga ega odamlar u yerga bormasligi kerak», dedi Bayden.

AQSh rahbarining qo‘shimcha qilishicha, Erondagi Amerika fuqarolari o‘g‘irlanishi va asossiz hibsga olinishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!