«Barselona»ning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari ma’lum bo‘ldi

«Barselona»ning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari ma’lum bo‘ldi

«As» nashri «Barselona» klubining eng katta maosh oluvchi futbolchilarini ma’lum qildi.

Manba xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar safida eng ko‘p pulni Jerar Pike oladi — yiliga 28 mln yevro. Undan keyingi o‘rinlarda Serxio Buskets (23 mln yevro), Xordi Alba, Samuel Umtiti (20 mln yevrodan), Ter Shtegen (14 mln yevro), Usmon Dembele hamda Serji Roberto (12 mln yevrodan) bormoqda.

«Aston Villa»ga ijaraga berilgan Filippe Koutinyo esa 16 mln yevro maosh oladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning yozida Jerar Pike, Xordi Alba va Serji Roberto maoshlarining qisqartirilishiga rozi bo‘lishgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!